17:54 / 04.09.2019
0
5903

Ukraina Yevroittifoqda a'zolik o‘rniga alohida maqom olishga rozi bo‘lmasligini bildirdi

Foto: Roman Kanashchuk/TASS

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Sloveniyaning Kiyev va Anqaraga Yevroittifoqqa to‘liq a'zolik o‘rniga alohida maqom berish taklifiga mutlaqo qarshi chiqishini bildirdi.

"Ukrainaning strategik maqsadi – YeIga to‘laqonli a'zo bo‘lib, bu davlatimiz konstitutsiyasida ham belgilab qo‘yilgan. Bu ukrain xalqining tanlovi, biz bu borada faol ishlashda davom etamiz", dedi TIV matbuot kotibi Yekaterina Zelenko. 

U Ukrainaning Sloveniyadagi elchisi "Ukrainaning mazkur strategik maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi muvaffaqiyatlari to‘g‘risida xabardor qilish uchun" ushbu davlat rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazayotganini ma'lum qildi.

Avvalroq Sloveniya prezidenti Borut Paxor Yevropa Ittifoqiga G‘arbiy Bolqon davlatlariga to‘laqonli a'zolik, Ukraina va Turkiyaga esa alohida maqom berishni taklif qilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top