10:41 / 05.09.2019
3
12626

Ichki ishlar organi xodimlari endi Qonunchilik palatasiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga saylana olmaydi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni imzoladi.

Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 1 7 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan.

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-sonli Qonuni 33-moddasining (Ichki ishlar organi xodimining boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi (tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlar) birinchi qismidagi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati a'zoligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan boshqa davlat organlarining ta'lim muassasalariga o‘qishga yuborilgan ichki ishlar organi xodimi majburiyatlarni bajarish (o‘qish) davrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritib qo‘yilishi mumkin) «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati a'zoligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan)» degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

Shu tariqa, endilikda ichki ishlar organi xodimlari Qonunchilik palatasiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga saylana olmaydi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top