18:01 / 05.09.2019
0
7335
OAV: AQSh Eronga Tramp va Ruhoniy uchrashuvini tashkil etish taklifi bilan chiqdi
Foto: Pablo Martinez Monsivais, Iranian Presidency Office / AP

Vashington Tehronga BMT Bosh assambleyasining sentabr oxirida o‘tkaziladigan yig‘ilishida AQSh va Eron prezidentlari Donald Tramp va Hasan Ruhoniy uchrashuvini tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda Amerika hukumatidagi manbasiga tayanib Kyodo agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv to‘g‘risidagi taklif Fransiya vakillari orqali yetkazilgan.

AQSh ikki davlat yetakchisining uchrashuvi 25 sentyabrda bo‘lib o‘tishiga umid qilmoqda, deya qayd etgan manba.

Keyingi vaqtda AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyat keskinlashib bormoqda. Avvalroq AQSh moliya vazirligi Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirgani xabar qilingandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top