14:34 / 06.09.2019
3
5831
Xorijiy davlatga ishga yuborishni aytib, pullarini o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

2019 yil 5 sentabr kuni Samarqand shahar IIBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, unda 2018 yil avgust-dekabr oylarida Intizor ko‘chasida yashovchi 21 yoshli U.A. va M.Ibragimov ko‘chasida yashovchi 38 yoshli L.G‘. ismli ayol Tayloq tumanida yashovchi 34 yoshli M.R. ismli ayolni Isroil davlatiga ishlash uchun yuborishni va'da bergan.

Hujjatlarda bu shaxslar ushbu fuqarodan aldov yo‘li bilan 8 000 AQSh dollari pullarini olib, shu kunga qadar bergan va'dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.A. va L.G‘. ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top