02:47 / 06.09.2019
0
10239

Yevro-2020. Saralash bosqichi. Ispaniya qiyin, Shvetsiya va Daniya yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritishdi

Foto: Getty Images

Yevro-2020 saralash bosqichi guruh o‘yinlarining 5-turi davom etmoqda.

F guruhida Ispaniya mehmonda Ruminiya ustidan qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi (2:1). Serxio Ramos va Pako Alkaserlarning gollariga maydon egalaridan Florin Andone bitta gol bilan javob berdi. Ispanlar so‘nggi 10 daqiqani 1 kishi kam bo‘lib o‘tkazishlariga to‘g‘ri keldi. Diyego Lorente darvozabon bilan birga-bir chiqib ketayotgan ruminiyalik hujumchini qo‘pollik bilan to‘xtatgani uchun maydondan chetlatildi.

Guruhning yana bir o‘yinida Shvetsiya Farer orollari mehmoni bo‘lib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi (4:0). Shuningdek, Norvegiya o‘z uyida Maltani mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

D guruhida Daniya Gibraltarni ayab o‘tirmadi (6:0), Irlandiya va Shveytsariya esa murosa yo‘lini tanlashdi (1:1). 

F guruhi

Ruminiya – Ispaniya 1:2
Gollar: Andone (59) – Ramos (29, penalti), Alkaser (47).
Ruminiya: Teterushanu, Nedelcharu, Grigore, Kirikesh, Benzar, Marin, Dyak (Maksim, 72), Stanchu (Xaji, 63), Toshka, Kesheryu (Andone, 56), Pushkash.
Ispaniya: Kepa, Lorente, Alba, Ramos, Navas, Ruis, Buskets, Saul, Sebalos (Sarabiya, 77), Alkaser (Ermoso, 85), Rodrigo (Oyarsabal, 71).
Ogohlantirishlar: Ramos (29), Marin (31), Saul (76), Kepa (90+3).
Chetlatish: Lorente (79). 

Farer orollari – Shvetsiya 0:4
Gollar: Isak (12, 15), Lindelyof (23), Kvayzon (41).

Norvegiya – Malta 2:0
Gollar: Berge (34), King (45, penalti).  

D guruhi

Gibraltar – Daniya 0:6
Gollar: Skov (6), Eriksen (34 penalti,  50 penalti), Delaney (69), Gyutkyayer (73, 78).

Irlandiya – Shveytsariya 1:1 
Gollar: Makgoldrik (85) –Sher (74).

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top