11:00 / 07.09.2019
0
11056
Reklama

Birinchi o‘quv kunlarida «Oriyent Finans» Banki 71-maktab o‘quvchilari uchun tanishuv darsini o‘tkazdi

«Oriyent Finans» Banki aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va bank tizimiga bo‘lgan qarashlarini yanada kengaytirish siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu munosabat bilan, 2019 yil 6 sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 71-maktabda «Oriyent Finans» Bank rahbariyati, Boshqaruv raisi va Boshqaruv raisining o‘rinbosarlari tomonidan bank tizimi va moliyaviy tuzilmaning asosiy jihatlari bo‘yicha ochiq dars o‘tkazdi.

Bank sektorining paydo bo‘lishi tarixi batafsil tahlil qilindi, zamonaviy turmush tarzi hisobga olingan holda o‘smirlik davrida shakllangan moliyaviy savodxonlikni har tomonlama tushunishga alohida e'tibor qaratildi.Bu esa o‘z navbatida kelajakda moliyaviy masalalarda xatolar xavfini kamaytiradi.

O‘quvchilarga tavsiyalar berildi, tamoyillar tushuntirildi, shuningdek, xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy savodxonlikni oshirishning afzalliklari ko‘rsatildi

Taqdimot yoshlar uchun tushunarli tilda yaratilganligi alohida diqqatga sazovor. Zamonaviy avlodning moliyaviy vositalaridan foydalanish amaliyotiga tayyor bo‘lishi shartlarini hisobga olgan xolda bank kreditlari, depozitlar, plastik kartalar va boshqa ko‘plab bank mahsulotlari zamonaviylashgan dunyoning ajralmas qismi ekanligi uqtirildi.

«Oriyent Finans» Bank nafaqat bolalarni iqtisodiyot haqida nazariy bilimlar bilan tanishtirish, balki mehnatning ahamiyati, oila budjeti va daromad va xarajatlarni rejalashtirish to‘g‘risida to‘g‘ri tushunchani shakllantirishni muhim deb hisoblaydi.

«Yosh avlod kelajakda mamlakat moliya tizimini rivojlantirish uchun asos, kuchli oila - sog‘lom jamiyatning asosidir. Shuning uchun biz bolalar va o‘smirlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga, ularga oilaviy budjetni rejalashtirish va biznes kompetensiyasi tushunchalarini singdirishga alohida e'tibor qaratmoqdamiz, - dedi » «Oriyent Finans» Banki Boshqaruvi raisi.

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top