09:00 / 09.09.2019
1
109432
Reklama

Bolalarda ko‘z kasalliklari va ularni davolashning zamonaviy usullari

Bolalarda ko‘rish bilan bog‘liq muammolar ko‘p hollarda tug‘ma bo‘ladi, ammo ular baxsiz hodisa yoki jarohatlar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Bolalarda ko‘rish qobiliyati dastlab 3 oyligida, bola ko‘zlarini harakatlantirishni boshlaganida tekshirib ko‘riladi.

ACIBADEM Altunizade klinikasi shifokori Muruvvet Ayten Tuzunalp 20 yildan ortiqroq muddat davomida bolalarda ko‘z kasalliklarini davolash bilan shug‘ullanadi. Mutaxassis ko‘zlardagi mavjud muammolarni aniqlash bilan birga davolash uslublarini ham tavsiya etadi.

Muruvvet Ayten Tuzunalp

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘z kasalliklarida refraksion xatolar eng ko‘p diagnoz qilinadi. Lekin bu ko‘zoynak taqishga sabab bo‘ladigan yagona tashxis emas. Ko‘p hollarda ko‘zlardagi refraksion xatolar holati tug‘ma poroklarga borib taqaladi. Ammo hayot davomida orttirilgan holatlar ham mavjud.

Qayd etish kerakki, ko‘rish qobiliyatini tekshirishni bola 1 yoshga kirgunga qadar amalga oshirish kerak. Agar jiddiy muammo aniqlansa, bolaga 3 yoshgacha taqib yurish uchun ko‘zoynak tavsiya etiladi.

Shifokorning ta'kidlashicha, «yalqov ko‘z» yoki g‘ilaylik tashxislangan holatlarda ko‘zoynaklar individual tarzda tanlanadi. Holatga ko‘ra patologiya rivojlanishining barcha variantlari baholanadi va muammoni bartaraf etish uchun kelgusi harakatlar rejasi tuzib olainadi. Bolani har 6 oyda tekshiruvlardan o‘tkazish zarur. Agar muammo juda jiddiy bo‘lsa, ko‘zoynakni bir yoshgacha taqish tavsiya qilinadi. Ko‘zlardagi refraksion xatolar holatida qaror tekshiruvlar natijalariga ko‘ra qabul qilinadi – qorachiqlarni kengaytirish orqali qo‘shimcha testlar o‘tkazish uchun bir necha tomchi tomizib ko‘rilishi ham mumkin.

Boshqa muammolarda, masalan nistagmda (ko‘z olmasining boshqaruvsiz ritmik harakati) yoki bir yoshgacha uchraydigan g‘ilaylikda tekshiruvlar grafigi farq qiladi. Agar bolada bir yoshgacha bo‘lgan g‘ilaylik (odatda bu holat tug‘ma bo‘ladi) kuzatilsa, qo‘shimcha testlar o‘tkaziladi va refraksiya bilan bog‘liq muammolar aniqlanmasa, bola bir yoshga to‘lishi bilan operatsiya qilinadi.

Agar g‘ilaylik aniqlanmasayu, har ikki ko‘zga ta'sir qiluvchi refraksion muammolar mavjud bo‘lsa, davolash rejasi holatga ko‘ra belgilanadi va ma'lum muddat kutib turish mumkin. Agar ikki ko‘z o‘rtasida katta farq mavjud bo‘lsa, «yalqov ko‘z»ga maxsus ko‘zoynak yoki linzalar tavsiya qilinadi, bog‘lamalar (sog‘lom ko‘z okklyuziyasi) qo‘yiladi.

Bordi-yu bolani yuqorida qayd etilgan yoshdan kechroq olib kelishsa (3 yoki 5 yoshda) vaziyat murakkablashadi – ko‘zoynak va bog‘lamalar endi befoyda bo‘lishi mumkin. Masalan, agar bolada yaqinni ko‘rish bilan muammo bo‘lsa, ko‘p hollarda unda g‘ilaylik 3 yildan keyin va hatto undan oldinroq ham tashxislanadi. Buni o‘z vaqtida ko‘zoynak taqish orqali bartaraf etish mumkin. Shuning uchun o‘z vaqtida qo‘yilgan tashxis bolalarda ko‘z kasalliklarining har qanday shaklida juda muhim.

Shifokor Muruvvet Ayten Tuzunalpning ta'kidlashicha, tekshiruvlarda dastlab tug‘ma patologiyalar (katarakta, glaukoma, qovoqlar bilan bog‘liq muammolar, g‘ilaylik) bor-yo‘qligini aniqlash lozim. 3 oylik bolalarda tekshiruv qorachiqlarni kengaytirish muolajasisiz o‘tkazilishi mumkin. Agar biror muammo bo‘yicha shubhaga borilsa, qorachiqlar kengaytirib ko‘riladi.

Bu muolaja orqali to‘r parda holati aniqlanadi va bolalarga mo‘ljallangan maxsus uskunalar orqali go‘dak holati baholanadi. Holatga ko‘ra qo‘shimcha testlar o‘tkaziladi. Juda kam holatlarda bolalarni tekshirish narkoz ostida o‘tkaziladi. Bu usul agar bola obektlarga qaray olmasa, nistagm aniqlansa yoki ko‘z tubida muammolar bo‘lsa qo‘llaniladi.

So‘nggi 10-20 yilda bolalarda ko‘z kasalliklari uchrashi soni deyarli o‘zgarmagan bo‘lsada, hozirgi kunda ota-onalar ko‘z muammolari haqida zarur axborotga egalar va shu bois shifokorga zudlik bilan murojaat qilish zaruratini his qilishadi. Shuningdek bolalar shifokorlari ham oftalmologik tekshiruvlarni tavsiya qilishlari mumkin.

Har qanday oftalmolog bolaning ko‘rish qobiliyatini tekshirishi mumkin, ammo ko‘p hollarda aynan bolalar bilan ishlovchi ko‘z shifokorlari talab qilinadi. Masalan, kattalarda 3,0 dioptriya bo‘lgan yaqinni ko‘ra olmaslik jiddiy muammo deya baholanadi, ammo bolalarda bu holat arzimas hisoblanadi. Bolalar o‘sib borishi bilan bu ko‘rsatkichi pasayishi mumkin.

Shifokor yana bir tug‘ma muammo – glaukomaga ham jiddiy e'tibor qaratadi. U ko‘zlarning old segmentidagi muammolar tufayli rivojlanadi. Agar muammo juda jiddiy bo‘lsa, biz operatsiya tavsiya qilamiz va bu operatsiyani aynan shu muammoga ixtisoslashgan malakali jarrohlar amalga oshirishi lozim.

Yuqoridagi muammolarning aksariyati, hatto tug‘ma katarakta ham genetik jihatdan avloddan-avlodga o‘tadi. Shifokor o‘z tajribasidan bir misol keltiradi – bobo operatsiya qilingan, keyinchalik uning nabirasida, va nihoyat bolaning onasida ham aynan shu muammo tufayli operatsiya o‘tkazilgan.

Katarakta asosan kattalarda kuzatilsa-da, ko‘z gavhari rivojlanishidagi muammolari tufayli homila davrida ham yuzaga kelishi ehtimoli bor. 2 yoshga to‘lmagan bolada ham operatsiya o‘tkazish, ammo bu operatsiyada sun'iy gavhardan foydalanmaslik mumkin. 2 yoshdan keyin esa sun'iy linza qo‘yish imkoni bo‘ladi.

Shunday holatlar ham borki, jarohatlardan keyin ko‘z falajlanishi holatlari ham bor va buning oqibatida g‘ilaylik yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda ularga operatsiya, «yalqov ko‘z» uchun bog‘lamalar yoki bifokal linzalar zarur.

ACIBADEM Altunizade klinikasi shifokori Muruvvet Ayten Tuzunalp bolalarda eng ko‘p uchrovchi oftalmologik kasalliklarga qarshi zamonaviy uslublarning samarali usullarini qo‘llab kelmoqda va bolajonlarning ko‘rish qobiliyatini tiklamoqda.

Turkiyadagi Acıbadem klinikalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acıbadem klinikalarining Toshkentdagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li mavzesi, 19 uy. Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19 uy.

Telefon: (+99 895) 144 54 45

Shuningdek, www.acibadem.com.ru rasmiy sayti orqali barcha ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top