20:30 / 09.09.2019
0
5938

O‘zbek filmi va seriallari xalqaro kinofestivallarda bosh sovrinlarni qo‘lga kiritdi

Bolgariyaning Sofiya shaxrida o‘tkazilgan «Slyavyan ertagi» Yevroosiyo xalqaro kinotelefestivalida O‘zMTRKning «O‘zbektelefilm» studiyasida suratga olingan qator teleseriallar ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli festivalning bosh sovrini – Gran-prini rejissyor Muzaffar Erkinov «Saodat» seriali uchun qo‘lga kiritdi. Ushbu teleasar «Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun», «Eng yaxshi ssenariy muallifi» va «Eng yaxshi operatorlik ishi» nominatsiyalariga ham munosib ko‘rildi.

180dan ziyod film va seriallar qatnashgan ushbu tadbirda rejissyor Xurshid Hasanovning «O‘gay ona» seriali ham maxsus sovringa loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan «KINOshok» xalqaro kinofestivalida Umid Hamdamov rejissyorligida tasvirga tushirilgan «Issiq non» badiiy filmi Gran-priga sazovor bo‘ldi. Bu telekartina ikki yo‘nalishda – «Eng yaxshi film bastakori» (Toir Qo‘ziyev) hamda «Eng yaxshi ayol roli ijrochisi» (Feruza Saidova) nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdirlandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top