12:13 / 09.09.2019
0
4981

O‘zbekiston va Turkiya temir yo‘l orqali multimodal yuk tashishni muhokama qildi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida «Turkiya davlat temir yo‘llari» OAJ bosh direktori E. Arikan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda savdo hajmi o‘sib borayotgani va mamlakatda biznes sektorining faolligi oshib borayotganini hisobga olgan holda, ikki mamlakat o‘rtasidagi transportni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turkiya-Gruziya-Ozarboyjon-Turkmaniston-O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha multimodal transport qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, xalqaro transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi, bu yuqorida qayd etilgan davlatlar iqtisodiyotining o‘sishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari samarali ma'lumot almashish, yangi aloqalarni o‘rnatish, yangi loyihalarni amalga oshirish ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston-Turkiya biznes forumini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar. Ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top