23:53 / 09.09.2019
1
65913
Putin 30 ga yaqin general va polkovnikni lavozimlaridan bo‘shatdi – OAV
Foto: Dmitriy Azarov / Kommersant'

Rossiya prezidenti Vladimir Putin huquq-tartibot idoralaridan 30 ga yaqin yuqori lavozimdagi shaxslarni o‘z lavozimlaridan bo‘shatdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda “Kommersant” nashri xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, bu haqidagi 425-sonli farmon Putin tomonidan 7 sentyabrda imzolangan. Xususan, o‘z lavozimlaridan Rossiya tergov qo‘mitasining Qrim bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi rahbari, adliya general-leytenanti Mixail Nazarov va Dog‘iston bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi rahbari, adliya general-leytenanti Sergey Dubrovin bo‘shatilgan. Bundan tashqari, Dubrovinning birinchi o‘rinbosari Tugay Tugayev ham o‘z lavozimidan olingan. 

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Dubrovin va Tugayevning bo‘shatilishi Qorachay-Cherkesdan sobiq senator Rauf Arashukov va uning otasi tomonidan tashkil etilgan jinoiy to‘da ishining tergovi bilan bog‘langan.

Shu bilan birga yangi tayinlovlar amalga oshirilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top