14:43 / 09.09.2019
1
4607

Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistondagi Rossiya oliy ta'lim muassasalari filiallari bilan tanishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi fan va ta'lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasining hamraisi M.Borovskaya 9 sentabr kuni O‘zbekistonga keldi.

Tashrif doirasida M.Borovskaya rahbarligidagi delegatsiya «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida bo‘ldi. Mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. 

Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida o‘quv jarayoni samaradorligini yanda oshirish, o‘quv laboratoriyalari, axborot kutubxonalarini yanada boyitish xususida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligi alohida qayd etildi. 

Delegatsiya a'zolarining Toshkent viloyatida joylashgan Toshkent shahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialiga tashrifi ham rejalashtirilgan. 

Ertaga, 10 sentabr kuni oliy va o‘rta masxus ta'lim vaziri I. Madjidov va Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri o‘rinbosari M. Borovskaya ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi fan va ta'lim bo‘yicha tarkibiy komissiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top