15:44 / 09.09.2019
0
3852

Tailand turistlar uchun soliq joriy etish fikridan qaytdi

Foto: Getty Images

Tailand turizm vazirligi turistlar uchun soliq joriy etishni to‘xtatib turadi. Bu haqda Bangkok Post gazetasi xabar berdi.

Shu yilning may oyida 2019 yil oxiridan xorijiy turistlarga soliq joriy etilishi, soliqlardan tushgan tushumlar ommaviy turistik maskanlarni qo‘llab-quvvatlash va turistlarni baxsiz hodisalardan sug‘urtalashga sarflanishi ma'lum qilingandi. 

Soliq olish va uning stavkalarini belgilash bilan sport va turizm vazirligining maxsus bo‘linmasi shug‘ullanayotgandi.

Ammo 2019 yil o‘rtalarida turistlar oqimining pasayishi mamlakat hukumatini yangi soliqni joriy etishni to‘xtatishga undadi, deb yozadi gazeta.

Turizm Tailand iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Mamlakatga har yili 30 mlndan ortiq turist tashrif buyuradi va turizmdan yiliga 50 mlrd dollargacha daromad olinadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top