10:26 / 09.09.2019
1
9755
Toshkentda ustachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarodan 20 mln so‘m talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: IIV axborot xizmati

Xorazm viloyatining Xiva tumanida yashovchi Yu.J. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U o‘z arizasida Toshkent shahrida ustachilik bilan shug‘ullanishini, Toshkent shahrida yashovchi shaxs uning oldiga kelib “ishlagan pulingni yarmini berasan” deb qo‘rqitib, 20 mln. so‘m talab qilayotganligini ma'lum qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan joriy yilning 3 sentabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi M.F. belgilangan manzilda 20 mln. so‘m pulni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top