14:50 / 10.09.2019
0
33037
Alibaba asoschisi Jyek Ma iste'foga chiqdi
Foto: EPA-EFE/CHRISTOPHE PETIT TESSON

Alibaba kompaniyasi asoschisi Jyek Ma direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning bildirishicha, Ma 55 yoshga to‘lgan kuni iste'foga chiqishga qaror qilgan. Bugungi kunda uning boyligi 41,8 milliard dollarni tashkil etadi.

Alibaba Group direktorlar kengashida uning o‘rnini kompaniya bosh direktori Deniyel Chjan egallaydi.

Jyek Ma Forbes jurnalida fotosurati chop etilgan birinchi xitoylikdir. U Xitoyning eng boy kishisi hisoblanadi.

Alibaba Group bir nechta kompaniyalar, xususan, Aliexpress internet magazini, Alibaba Picture kinokompaniyasi va Alibaba Cloud Computing servisiga egalik qiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top