09:46 / 10.09.2019
0
3795
AQSh harbiy delegatsiyasi harbiy aviatsiya qo‘mondonligiga tashrif buyurdi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 9 sentabr kuni podpolkovnik Bred Xoul boshchiligidagi Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy aviatsiya delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida AQSh vertolyot va transport aviatsiyasi mutaxassislari tog‘li hamda sahro hududlarida, turli iqlim sharoitlarida, shuningdek, tungi vaqtlarda tungi ko‘rish moslamalaridan foydalangan holda parvoz qilish masalalarni muhokama qildi.

Tashrif davomida AQSh delegatsiyasi vakillari Chirchiq garnizonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni amaliyotda tatbiq etishi rejalashtirilgan, deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top