16:51 / 10.09.2019
8524

«Callan Education and Development Centre» Britaniyaning U-LAW universitetiga o‘qishga yuborish va shartnoma pulini to‘lash sharti bilan 15 kishilik grant e’lon qildi

So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik yoshlar orasida Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olish ko‘rsatkichi ortib bormoqda. 

Bu yoshlarning kelajakka katta rejalar bilan qarayotgani, bilim olishga bo‘lgan intilishlari natijasi hisoblanadi.

Toshkentda faoliyat yuritayotgan Callan Education and Development Centre o‘quv markazida olingan mustahkam bilim sizga ana shunday nufuzli universitetlarga o‘qishga kirish va kelajakda “orzuingizdagi ish o‘rinlariga” ega bo‘lishi imkoniyatini beradi.

Mazkur o‘quv markazining  asosiy faoliyati yoshlarga ingliz tilini o‘rgatish va rivojlangan mamlakatlardagi universitetlarga kirishda konsultatsiya berishdan iborat.

Callan Education and Development Centre – 2018 yilning noyabr oyida o‘z faoliyatini boshlaganiga qaramay, 200 ga yaqin abituriyentlarga turli Oliy o‘quv yurtlarining talabasi bo‘lishida ko‘maklashdi.

O‘quv markazi, shuningdek, yoshlarni IELTS – xalqaro ingliz tili test imtihonlariga munosib tayyorlaydi. Shuningdek, yaqin vaqtlar ichida markazda xalqaro miqyosdagi SAT, GRE, GMAT, CEFR, TOEFL kabi boshqa imtihonlarga tayyorlov jarayonlari ham yo‘lga qo‘yiladi.

O‘quv markazining boshqalardan biroz farqli jihati shundaki, bu yerga kelgan har bir o‘quvchi bosh direktor Maqsadjon Mamajonov (@m.mamadjanov) loyihasi asosida o‘qituvchilarning individual nazoratida bo‘ladi, ya’ni, o‘quvchilar dars vaqtini to‘liq bilim olishga qaratadi.

O‘qituvchilar tomonidan berilayotgan bilimlarning o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilayotganini tekshirib borish maqsadida esa har bir hafta yakunida nazorat imtihonlari olinadi. 

Turli yuklamalar o‘quvchilarni psixologik qiyinchilik va stress holatiga tushirib qo‘yishi mumkin. Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida  markazning tajribali psixologlari tomonidan o‘quvchilar uchun individual psixologik darslar tashkil etiladi.

Callan Education and Development Centre’da barcha mashg‘ulotlar IELTS imtihonida 8-8.5 natijaga ega, yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. O‘z o‘rnida markaz bitiruvchilari ham tajribali o‘qituvchilardan olingan dars mashg‘ulotlari bilan yuqori natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Jumladan, sobiq o‘quvchimiz va hozirda markazimizda o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritayotgan Sayyora Jumaniyozova ( @sayyorajumaniyozova ) shu yilning 7 sentabr kuni IELTS imtihonida 8 ballni qo‘lga kiritdi. Eng quvonarlisi, u Reading-9, Listening-9, Speaking-8.5 natija bilan ko‘pchilikni lol qoldirdi.

Markazda shuningdek, til o‘rganishga nisbatan yuqori darajadagi qiziqishga ega bo‘lgan bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mavsumiy grant tanlovlari o‘tkazib boriladi. Jumladan, navbatdagi tanlov Britaniyaning U-LAW universitetiga bir yillik shartnoma asosidagi o‘quv to‘lovini (10500 fund-sterling) to‘lab berish orqali o‘qishga yuborish uchun o‘tkazilmoqda.

Loyiha Callan Education and Development Centre va U-LAW universiteti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi orqali amalga oshiriladi. 

Mazkur grant 3 ta eng iqtidorli o‘quvchilar uchun taqdim etiladi. Shuningdek, 12 nafar o‘quvchiga  U-LAW universitetida o‘qish uchun 3000 fund-sterling miqdorida ta’lim granti to‘lab beriladi.

Tanlov o‘quv markazi asoschisi Mirahmad Mamajonov ( @mirahmad ) tomonidan taqdim etilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish shartlari juda oddiy – markazda 11 oy davomida tahsil olish va IELTS imtihonida yuqori natijaga erishish.

Shoshiling, markazda o‘quvchilar qabuli 30 sentabrga qadar davom etadi va bo‘sh o‘rinlar soni atigi 150 tani tashkil qiladi.

Bizning manzil: Bunyodkor shoh ko‘chasi 2-uy, Chilonzor tumani 6-daha.

Tel : (+99871) 200-10-30,  (+99899) 907-10-30

Instagram: @callan_development

Reklama huquqi asosida

Top