16:42 / 10.09.2019
0
4035

«O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnalining O‘zbekiston-Fransiya hamkorligiga bag‘ishlangan soni nashrdan chiqdi

«O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi»-«Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana» tahliliy jurnalining O‘zbekiston-Fransiya hamkorligiga bag‘ishlangan soni nashrdan chiqdi. 

Jurnalning ushbu soni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tayyorlandi. Unda qiziqarli maqolalar hamda taniqli siyosatchilar, madaniyat va fan arboblari, xalqaro tashkilot va yirik kompaniya vakillari bilan intervyular o‘rin olgan.

Jumladan, Fransiya Sotsialistik partiyasi senatori Rashid Temal, Luvr muzeyining Islom san'ati departamenti direktori Yannik Lins, Parij modalar akademiyasi prezidenti Jan-Filipp Vokler, Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti bosh direktori Pao Roka, Suez group’ning xalqaro rivojlanish bo‘yicha direktori Erik Gebali, Fransiya turoperatorlari assotsiatsiyasi boshlig‘i Yurgen Baxmann va boshqalar jurnal o‘quvchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top