14:21 / 10.09.2019
11
40108

Qozog‘istonda O‘zbekiston yuk mashinalarining toshbo‘ron qilinishi: TIV qo‘shimcha ma'lumot berdi

Foto: californiacarlaws.com

Qozog‘iston hududida toshlar bilan O‘zbekiston transport vositalariga shikast yetkazilishi va mazkur voqea bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda video va boshqa materiallarning tarqalishi munosabati bilan O‘zbekistonning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur masala Qozog‘iston tomoni bilan yaqin hamkorlikda o‘rganilayotganini ma'lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida qayd etilishicha, tegishli choralar ko‘rish uchun jabrlangan haydovchilardan faktlarni aniqlashtirish so‘ralgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51.

Bundan oldin, Qozog‘istonda O‘zbekistondan yo‘lga chiqqan yuk mashinalari toshbo‘ron qilingani xabar berilgandi. Shundan so‘ng Transport vazirligi Qozog‘istonda yuk mashinalarining toshbo‘ron qilinishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top