12:47 / 10.09.2019
0
4969

Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli avtoxo‘jalik hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 6 ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 1 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
 
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019 yil 9 sentabr kuni soat 16:02da, Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasi 34-uyda joylashgan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli maxsuslashtirilgan avtoxo‘jalik hududida, ijarada bo‘lgan “B.M.Shonosirov” YaTTga qarashli ballon yamash ustaxonasining ichki va tom qismi 60 kv.m. maydonida yongan. 

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:11da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:20da qurshab olinib, soat 16:24da bartaraf etilgan.

Yong‘in olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘ragan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top