15:36 / 11.09.2019
3
17833

Merkel AQSh endi Yevropaning himoyachisi vazifasini bajarmasligini aytdi

Foto: EPA-EFE/HAYOUNG JEON

AQSh bundan buyon Yevropani avtomatik ravishda himoya qilmaydi va o‘z xavfsizligini ta'minlashga ko‘proq e'tibor qaratishi kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel 2020 yilgi federal budjet bo‘yicha Bundestagdagi munozaralar vaqtida aytdi.

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, AQSh "ham harbiy, ham iqtisodiy jihatdan" qudratli davlat sanaladi.

"Yevropa qarashlardagi farqlarga qaramasdan, bu qudratli davlat qadriyatlari bilan bog‘langan. Umumiy jihatlar ko‘p, ammo endi ular sovuq urush davridagi kabi Yevropaning himoyachisi rolini o‘ynamaydi. Bu borada Yevropaning sezilarli hissasi kerak", - dedi Merkel. 

Germaniya kanslerining ta'kidlashicha, "parlamentdagi muzokaralar jiddiy o‘zgarishlar va jahondagi kuchlarning o‘rni almashishi davrida bo‘lib o‘tmoqda".

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top