15:40 / 11.09.2019
10
52763

OAV: Shumaxer o‘ziga keldi

Foto: © REUTERS

«Formula-1»ning yetti karra chempioni Mixail Shumaxer yotqizilgan Parijdagi klinika xodimi sportchi o‘ziga kelgani haqida ma'lum qildi.

«Men tasdiqlashim mumkinki, u bizning klinikaga olib kelingan va ayni vaqtda o‘ziga kelgan», — deya manba so‘zlarini keltirmoqda Le Parisien nashri.

Bundan avvalroq 50 yoshli sportchi yashirin tarzda Parijdagi Jorj Pompidu nomidagi shifoxonaga yetkazilgani haqida xabar berilgandi. Shumaxer shifoxonaning yurak-tomir jarrohligi bo‘limiga, taniqli professor, kardiojarroh Filipp Menashening qabuliga olib kelingandi. 

Shumaxerga shifoxonada asos hujayralar kiritishdan foydalangan holda davolash tayinlangan.

2013 yilda Shumaxer Alp tog‘laridagi Meribel kurortida tog‘ chang‘isida uchayotib, bosh miyasidan jarohat olgan edi. Komaga tushgan poygachi Grenobldagi shifoxonaga yetkazilgan va u yerda Shumaxer bir nechta operatsiyani boshidan o‘tkazgandi. 2018 yil dekabrda ham sobiq poygachi o‘ziga kela boshlagani, u endi o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasiga ehtiyoj sezmayotgani va mustaqil ravishda nafas olayotgani ma'lum qilingandi.

Shumaxerning komadan chiqishidan umid uzmagan oilasi uning davolanishi uchun o‘n millionlab yevro sarfladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top