11:38 / 12.09.2019
0
3820
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari belgilandi 

Vazirlar Mahkamasining “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Quyidagilar aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari etib belgilandi:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va ko‘nikmalarini hosil qilish;

qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;

aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish.

Belgilanishicha:

aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar barcha tashkilotlarda ish vaqtida hamda yashash joylarida o‘tkaziladi;

aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tadbirlariga metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda hayotiy faoliyat xavfsizligi va fuqaro muhofazasi yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtiradilar va 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ta'lim jarayoniga joriy etilishini ta'minlaydilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 yanvarga qadar harbiy-ma'muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasining mahalliy darajadagi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hayotiy faoliyat xavfsizligi o‘quv markazlarida zamonaviy ko‘rgazmali materiallar, interaktiv o‘qitish vositalari bilan jihozlangan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualarini tashkil etadilar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top