02:08 / 12.09.2019
0
10107
“Humo” Oliy xokkey ligasidagi ilk uchrashuvida yirik g‘alabaga erishdi
Foto: Humo

O‘zbekistonning “Humo” klubi Rossiyaning Oliy xokkey ligasida ilk uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Toshkent shahri jamoasi “Ryazan” ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

Gollarni Andrey Smirnov, Aleksandr Sherbina, Arseniy Yeroxin, Yevgeniy Grigorenko va Artyom Voronin kiritgan.

OXL – ochiq xalqaro xokkey ligasi bo‘lib, nufuzi jihatidan Kontinental xokkey ligasidan (KXL) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan mavsumda ligada Rossiyaning 26ta, Qozog‘istonning 3ta va Xitoyning 2ta klubi ishtirok etgan. Qozog‘istonning «Sariarka» klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Joriy mavsumda ligada 34 ta jamoa ishtirok etib, uning tarkibiga 6 ta yangi klub, jumladan “Humo” kirgan. Hozirda Toshkent klubi liganing A divizionida o‘ynamoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top