13:48 / 12.09.2019
1
7308
"Istiqbol"ning yangi qiyofasi

Mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy tarmoqlarni barqaror ishlashi uchun unumdorlik hamda sifat darajasini ko‘tarish maqsadida, Namangan shahar "Istiqbol" elektr ta'minoti korxonasi binosi zamonaviy jahon standartlariga mos ravishda to‘la ta'mirdan chiqarildi va foydalanishga topshirildi.

— “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev tashabbusi bilan Toshkent shahar Yashnobod tuman elektr tarmoqlari korxonasida o‘tkazilgan seminarda respublika bo‘ylab elektr energiyasi iste'molchilari uchun namunaviy xizmat ko‘rsatish vazifasi qo‘yilgan edi. Shu munosabat bilan mazkur elektr ta'minoti korxonasi tez fursatlarda kapital ta'mirdan chiqarildi va aholi uchun xizmatga shay qilindi,— deydi “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bosh direktori Jahongir Rizayev. — Mazkur binoda bir paytning o‘zida elektr energiyasi iste'molchilarining axborot va yangiliklarga bo‘lgan ehtiyojini tez fursatda qondirilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan elektron murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish uchun sharoitlar yaratilgan.

“Istiqbol” elektr ta'minoti korxonasi 2013 yil 1 iyunda  tashkil topgan bo‘lib umumiy xodimlar soni 76 tani tashkil etadi.

Korxona tasarrufida 548.2 km 0,4-6-10 kV li elektr uzatish tarmoqlari mavjud bo‘lib jami iste'molchilar soni   – 29745 tani shundan  28485 tasi aholi va 1260 tasi ulgurji iste'molchilar tashkil etadi.

Tabiiyki, elektr energiyasini aholiga uzluksiz va sifatli yetkazib berish uchun elektr tarmoqlarini tizimli ravishda yangilash va rekonstruksiya qilib borish kerak bo‘ladi.

Shu maqsadda 2019 yilning shu kuniga qadar 8 ta ortiqcha yuklanish bilan ishlayotgan transformator punktlari aniqlandi. Shundan 5 tasiga yengillashtiruvchi transformator punkti qurildi va 2 tasini quvvati oshirildi. Natijada, 1200 tadan ortiq iste'molchilarning elektr ta'minoti yaxshilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 oktyabrdagi  “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorlikni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan shahar aholi xonadonlarini elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan (ASKUE) tizimiga  ulash ishlari jadal boshlab yuborildi. Shu kungacha 28485 ta maishiy  iste'molchilardan  24000 mingdan ortig‘i hisoblagichlari almashtirildi. Shu oy yakuniga qadar qolgan barcha iste'molchilarning hisoblagichlari to‘liq almashtirib bo‘linadi.

Iste'molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan korxona energetiklari o‘zlariga yaratilgan shart-sharoitlardan ilhomlanib o‘z oldilariga yanada ulkan maqsadlarni qo‘yishgan. “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan viloyatdagi mavjud barcha ta'mirtalab korxonalarda kapital ta'mirlash va texnologik yangilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top