20:07 / 12.09.2019
0
4291

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tanlovlar e'lon qildi

«O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi turli mavzudagi kitoblarni grafik bezash va nashr etish bo‘yicha respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtidorli va malakali dizayner–rassom, muallif, muharrir va musahhihlarni hamkorlikka taklif qilmoqda.

Qayd etilishicha, tanlovda o‘rta-maxsus yoki oliy ma'lumotli malakali mutaxassislar o‘z ish namunalari bilan qatnashishi lozim.

Shuningdek, nashriyot-matbaa ijodiy uyi o‘zbek va jahon adabiyoti, zamonaviy besseller tarjima asarlariga tanlov e'lon qildi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy

Telefonlar: (71) 244-21-75, (71) 244-37-81, (71) 244-37-85, (71) 244-87 -20.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top