21:38 / 12.09.2019
0
5375

O‘zbekistonning ikki fuqarosi Moskva oblastida sodir bo‘lgan YTHda jarohatlandi

12 sentabr kuni M-2 “Qrim” avtomobil yo‘lida Moskva oblasti hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Unda O‘zbekiston fuqarolari haydovchi O.A. va yo‘lovchi N.T. jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga asoslanib TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ular Podolsk shahri markaziy shifoxonasiga joylashtirildi.

“Elchixonaning konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi hamda Podolsk shahrining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatdi”, deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod, Bryansk, Vladimir, Voronej, Ivanovo, Kaluga, Kostroma, Kursk, Lipetsk, Moskva, Orlov/Oryol, Ryazan, Smolensk, Tambov, Tver, Tula, Yaroslavl oblastlari, Moskva shahri) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top