18:58 / 13.09.2019
1
3956

2018 yilda 9 mingga yaqin mehnat huquqini buzgan mansabdorga ma'muriy jarima qo‘llanilgan

2018 yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 8914 mansabdor shaxsga nisbatan 4 mlrd 614,3 mln so‘mlik ma'muriy jarima chorasi qo‘llanilgan. 13264ta korxonada 55282ta mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlangan. BvaMMV va Xalqaro mehnat tashkilotining qo‘shma matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qilindi. 

BvaMMV vaziri o‘rinbosari Nodirbek Yaqubovning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilgi paxta terimi mavsumida @mehnathuquqbot maxsus telegram boti va 712-000-601 ishonch telefoni orqali 2000dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Shundan 200ga yaqinida majburiy mehnatga jalb qilish holatlari tasdiqlangan va tegishli choralar ko‘rilgan. 

Paxta  terimi mavsumida mehnat huquqlarini buzganligi uchun 160dan ortiq mansabdor shaxs lavozimidan ozod etish yoki tushirilish, jarima to‘lash singari ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top