21:23 / 13.09.2019
0
10839

Afg‘onistonda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi 

Afg‘onistonda IShID yetakchilaridan biri Hasan Panjobiy yo‘q qilindi. Guruhning yangi a'zolarini yollashga javob bergan terrorchi Nangarhor viloyatida aviazarba natijasida o‘ldirilgan. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligida ma'lum qilindi.

“Yoshlarni terrorchilik guruhi saflariga jalb qilish hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tashviqot materiallarini tarqatish bilan shug‘ullangan Panjobiy aviatsiya hujumi natijasida o‘ldirildi. U IShIDning Afg‘onistondagi asosiy yetakchilaridan biri bo‘lgan”, deyilgan xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top