22:12 / 13.09.2019
0
7454

AQSh budjeti taqchilligi 10 yil ichida ilk bor 1 trillion dollardan oshib ketdi

Foto: Creative Commons

AQSh davlat budjeti taqchilligi 10 yil ichida ilk bor 1 trln dollarga yetdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma'lum qildi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, yillik hisobda budjet taqchilligi 19 foizga oshgan. AQSh daromadlari 3 foizga ko‘paygan va 3 trlndan ko‘proqni tashkil qilgan, shu vaqt ichida xarajatlar 4,15 trln dollardan oshgan. 

AQSh budjeti katta daromadni Xitoy va boshqa davlatlar bilan savdo ixtiloflari va boj to‘lovlaridan tushgan daromadlar hisobiga olgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top