11:09 / 13.09.2019
0
37010

Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov  1978 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1999 yil Toshkent davlat agrar universiteti va 2002 yil Soliq akademiyasini tamomlagan. 

U shu kunga qadar Yakkasaroy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan. Unga qadar davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlagan

Bundan oldin, deputatlar Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Nozim Husanov nomzodini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma'qullashgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top