00:31 / 13.09.2019
0
9922

Turkiya 24 ta davlatdagi elchilarini almashtirdi

Foto: Anadolu

Turkiya 24 ta davlatdagi, jumladan Turkmaniston, Qozog‘iston, Belarus va Estoniyadagi elchilarini almashtirdi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi. 

Anqaradagi diplomatik manbalarning xabar berishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu shaxsan o‘zi diplomatlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning elchi lavozimiga tayinlanganlarini ma'lum qilgan.

Turkiyaning Turkmanistondagi elchisi lavozimiga To‘gan Oral, Belarus – Mustafo O‘zjan, Estoniya – Sulaymon Inon O‘zyildiz, Qozog‘istondagi elchisi lavozimiga Ufuq Ekiji tayinlangan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top