10:46 / 14.09.2019
0
5664

Bojxonachilar noqonuniy olib o‘tilayotgan biologik faol qo‘shimchalarni fosh qilishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Daut-ata” chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro S.Z.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

 Natijada uning yuklari orasida bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan qiymati 30,4 million so‘mlik 76 dona “Vitality Lux” nomli biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlandi.

 Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top