00:01 / 14.09.2019
0
17652
Dunyodagi eng qora material yaratildi
Foto: Pedro Gabriel / Secom UFG

Olimlar avval ma'lum bo‘lgan eng qora materiallardan ham qoraroq materialni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda News.mit nashri xabar berdi. 

Yangi material ayni vaqtda odamlarga ma'lum bo‘lgan eng qora materialdan 10 marta qoraroqdir. Mutaxassislarning o‘zlari ham bunday natijani kutishmagan. Avvalgi “rekordchi” modda vantablack yorug‘lik nurini 99,965 foizga yutgan.

Foto: R. Capanna

Olimlar alyuminiyning issiqlik va elektr xossalarini unda uglerod nanotrubkalari o‘stirish yordamida yaxshilashmoqchi bo‘lishgan. Avvalgi modda aynan shu nanotrubkalar yordamida yaratilgan.

Olimlar xlor ionini saqlovchi tuzlar yordamida alyuminiy sirtidan elektr toki o‘tishiga to‘sqinlik qilgan oksid qatlamini olib tashlashga muvaffaq bo‘lishgan. Ular sirti tozalan alyuminiyda nanotrubkani o‘stirib, kutilmagan natijani olishgan.   

Olingan material unga tushuvchi nurning 99,995 foizini yuta oladi.

Avvalroq BMW kompaniyasi vantablack bilan qoplangan dunyodagi eng qora avtomobilni taqdim qilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top