20:14 / 14.09.2019
0
20078

Prezident farg‘onalik ziyolilar bilan muloqot qildi

Qo‘qon shahridagi Buyuk allomalar muzeyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati faollari, nuroniylar, ziyolilar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat, ma'rifat sohalaridagi o‘zgarishlar, yoshlar ta'lim-tarbiyasi haqida so‘z bordi.

- Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Har bir soha bo‘yicha izlanishda, tinimsiz harakatdamiz. O‘zgarishlar bor, lekin hali bizni qanoatlantirmaydi, - dedi Prezident.

Faollar butun Farg‘ona viloyatida bo‘lgani kabi Qo‘qon shahrida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani, Xalqaro hunarmandchilik festivali tufayli shahar yanada obod bo‘lib, bu yerga butun dunyodan mehmonlar kelganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Buyuk allomalar muzeyi ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu yerga keluvchilar Qo‘qonda yashab, ijod qilgan adib va allomalar hayoti, asarlari haqida ma'lumot oladi. Buyumlar, turli idishlar esa o‘sha davr turmush tarzidan darak beradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top