12:42 / 15.09.2019
0
8308

NBC: Tramp Eronga nisbatan sanksiyalarni yumshatishni bir necha marta taklif qilgan

Foto: Foto: Patrick Semansky / AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan sanksiyalarni yumshatishni bir necha marta taklif qilgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib NBC telekanali xabar qildi.

Telekanalning ma'lum qilishicha, Bloomberg agentligining Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni Eronga qarshi sanksiyalarni yumshatish g‘oyasini muhokama qilganidan so‘ng ishdan bo‘shatgani to‘g‘risidagi xabari haqiqatga mos keladi. NBC manbalarining aytishlaricha, Tramp Tehronga nisbatan sanksiyalarni yumshatish masalasini bir necha bor ko‘targan.

Tramp o‘tgan haftada BMT bosh assambleyasining sentabr oxirida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Eron yetakchisi Hasan Ruhoniy bilan uchrashishi mumkinligini bildirgandi. AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin ham Tramp Eron rahbariyati bilan hech qanday dastlabki shartlarsiz uchrashishga tayyorligini ma'lum qildi.

Chorshanba kuni Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib Tramp Eronga nisbatan sanksiyalarni yumshatish g‘oyasini muhokama qilgani, keyinroq iste'foga chiqarilgan Jon Bolton esa bu fikrga keskin qarshi chiqqanini xabar qilgandi.  

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top