11:40 / 15.09.2019
8
102201
Oktyabrda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilishi kutilmoqda

2019 yil oktyabrda Tojikiston poytaxtida Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Avesta.tj nashri xabar berdi. 

Foto: ASIA-Plus

Dushanbeda qad ko‘tarayotgan ushbu masjidda bir vaqtda 120 mingga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin.

Masjid qurilishi 2009 yil oktyabrida boshlangan. Uning loyihasi tojikistonlik va qatarlik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan.  

Foto: Anadolu Agency

Masjid har biri 75 metr balandlikka ega 4 ta minoraga ega. Shuningdek, unda 47 metrlik bosh gumbazdan tashqari, yana 20 ta kichikroq gumbaz bor.

Foto: Anadolu Agency

Jome' masjidi Dushanbening shimolidagi 12 gektar maydonda joylashadi. Masjid bilan birgalikda bu yerda kutubxona, muzey va anjumanlar zali qurilmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Masjid loyihasi 100 mln dollarga baholangan. Ta'kidlanishicha, uning qurilishi Qatar hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top