18:42 / 16.09.2019
0
10897

Eron harbiylari 250 ming litr yonilg‘i olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi

Foto: AP Photo / Vahid Salemi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy dengiz kuchlari 250 ming litr dizel yonilg‘isi olib ketayotgan kemani qo‘lga oldi. Bu haqda IRIB teleradiokompaniyasi xabar qildi.

"Kema Eronning Bandar-Langa portidan BAA tomon suzib ketayotgan bo‘lgan va Katta Tomb orolidan 20 milya sharqda ushlangan", - deyiladi xabarda.

Ma'lumot berilishicha, kemada 11 nafar ekipaj a'zosi bo‘lib, u 250 ming litr kontrabanda yonilg‘i olib ketayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyulda Eron Britaniya bayrog‘i ostida suzayotgan Stena Impero tankerini ushlagandi. 

Avgust boshlarida esa Fors ko‘rfazida neft kontrabandasida gumon qilingan Iroq kemasi ushlangani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top