11:14 / 16.09.2019
0
12225

Ohangaronda haydovchining rulda uxlab qolishi ikki nafar piyodaning o‘limiga olib keldi

Illyustrativ foto

15 sentabr kuni soat 08:30larda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi 24 yoshli R.R. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasini Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Oybuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 126-km.da boshqarib ketayotib uxlab qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda haydovchi yo‘l chetiga chiqib ketib, piyodalar - Bo‘ka tumanida yashaganlar 36 yoshli O‘.A. va 34 yoshli Sh.N.larni urib yuborgan.

Natijada O‘.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Sh.N. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top