19:47 / 16.09.2019
0
10606

Valentina Matviyenko O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda  

Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko oktabr boshida O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

“Oktyabrning birinchi kunlari Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda”, deyilgan xabarda.

16 sentyabrda Toshkentda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Ta'kidlanishicha, muzokaralar davomida tomonlar MDH parlamentlararo assambleyasi, Parlamentlararo ittifoq va YeXHT Parlament assambleyasi doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorgarlikni bildirishgan. Volodinning tashrifi O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari o‘rtasidagi faol muloqotning mantiqiy davomi hisoblanishi ta'kidlab o‘tilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top