19:05 / 16.09.2019
0
11298

Zelenskiy asosiy vazifasi Donbassda tinchlik o‘rnatish va Qrimni qaytarib olish ekanligini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatidagi asosiy vazifasi Donbassda tinchlik o‘rnatish va Qrimni qaytarib olish ekanligini ma'lum qildi.

"Urushni tugatish va barcha Ukraina hududlarini deokkupatsiya qilish mening Ukraina prezidenti sifatidagi asosiy vazifamdir", dedi u.

"Bu nafaqat Ukrainaga, balki Rossiya xalqaro huquqni inkor qilayotgan paytda o‘zini xavfsizlikda his qilmayotgan butun Yevropa uchun muhim hisoblanadi", - ta'kidladi Zelenskiy.

U tayyorgarlik ko‘rilayotgan "normand to‘rtligi" sammitida birinchi navbatda barcha asirlarni almashtirish masalasini hal etish hamda ajratuvchi chiziqdan qo‘shinlarni to‘liq olib ketishga kelishib olishga umid qilayotganini aytdi.

Uning fikricha, bu shakldagi uchrashuvlar "hududlar to‘liq ozob bo‘lib, Donbassdagi urush tugamagunicha" davom etishi lozim.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top