14:31 / 17.09.2019
4
12739

Eronning oliy yetakchisi AQSh bilan hech qanday muzokara o‘tkazilmasligini ma'lum qildi

Foto: Office of the Iranian Supreme Leader via AP

Eron oliy yetakchisi oyatulla Ali Homanaiy AQSh bilan hech qanday darajada muzokara o‘tkazilmasligini bildirdi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.

"Eron va AQSh hukumatlari o‘rtasida hech qanday darajada muzokaralar bo‘lmaydi. Bunday muloqotlar o‘tkazilishi Amerikaning Eronga bosim o‘tkazish siyosati muvaffaqiyat qozonganini anglatadi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "agarda AQSh o‘z so‘zlarini qaytarib olsa va yadroviy kelishuvga qaytsa, Eron o‘shanda ular bilan muloqot qilishi mumkin. Aks holda na Nyu-York va na boshqa joyda hech qanday muloqot haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas".

Avvalroq Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abbos Musaviy mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT bosh assambleyasi doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashmasligini ma'lum qilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top