15:03 / 17.09.2019
0
3147
«Namangan hududiy elektr tarmoqlari» kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha reja asosida ish tashkil qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 30 iyuldagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019/2020 yillar kuz–qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4407–sonli qaroriga muvofiq, mamlakatning barcha viloyatlari, tuman va shaharlarida kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

«Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan ham bu borada buyruq va tadbirlar-rejasi ishlab chiqildi.

Shu kungacha 1211,4 km 0,4-110 kV li elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta'mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1210,4 km ga yoki 99 foizga bajarildi.

6-10/0,4 kV li transformator punktlarini mukammal ta'mirlash 537taga yoki 100 foizga, 74ta 35-110 kV.li moyli o‘chirgichlarni mukammal ta'mirlash 73taga yoki 99 foizga, 6ta 35/10 (6 kV) kV.li podstansiyalarni mukammal ta'mirlash 6taga yoki 100 foizga va 5ta 110 kVli kuch transformatorlarini mukammal ta'mirlash 5taga yoki 100 foizga bajarildi.

Aholi yashovchi punktlarda havo liniyalari daraxt shoxlaridan tozalanib, elektr energiyasining sifatli ta'minlanishiga erishilmoqda.

Mukammal ta'mirlangan 981,5 km 0,4-110 kV.li elektr uzatish havo tarmoqlari, 459ta 6-10/0,4 kV.li transformator punktlari hamda 35-110 kV.li moyli o‘chirgichlardan 49tasi, 2ta 35-110 kVli podstansiya hamda 110 kV.li kuch transformatoridan 2tasi «O‘zenergoinspeksiya» DI Namangan hududiy bo‘limi ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada 200 mingga yaqin aholi xonadonlari, shu hududlarga joylashgan ijtimoiy soha obektlari va tadbirkorlik sub'yektlari elektr ta'minoti yaxshilandi.

Jamiyat tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta'minoti korxonalarida kuz–qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha «Namangan hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan joylarda qo‘shimcha avariya–tiklash brigadalari faoliyati tashkil etilib, ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top