22:44 / 18.09.2019
0
8858
Istanbuldagi kimyo korxonasida portlash yuz berdi

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Tuzla sanoat hududidagi poliester zavodida portlash yuz berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Portlash 18 sentabr kunduzi yuz bergan. Uning ketidan yong‘in boshlangan. Yong‘inni o‘chirishga 50 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan, hudud politsiya tomonidan qurshab olingan.

Atmosferaga xavfli kimyoviy moddalarning tushishi ehtimoli yuqoriligi sababli yaqin atrofdagi aholidan derazalarni ochmaslik va tashqariga chiqmaslik so‘ralgan. 

Yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan. Portlash sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top