19:56 / 18.09.2019
4
14465

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi kommunal to‘lovlarda noreal qarzdorlikning qanday kelib chiqishiga izoh berdi

Kun.uz tahririyati Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda uning faoliyati, bugungi kunda mazkur sohada olib borilayotgan ishlar, vujudga kelayotgan dolzarb masalalar va ularning yechimlariga oid bir qator savollarga javob olish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov bilan suhbat uyushtirdi.

Qo‘mita raisi suhbat davomida bugungi kunda kommunal to‘lovlarda noreal qarzdorlikning vujudga kelishi va bu borada qo‘mita tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Noto‘g‘ri qarzdorlik bo‘yicha judayam ko‘plab murojaatlar kelib tushadi. Bular ichidan eng ko‘pi issiqlik energiyasi sohasida. Issiqlik energiyasi ta'minotchising ma'lum bir vazifalari bor. Ta'minotchi biriktirilgan inspektor bilan birgalikda har bir xonadonga borib, hisoblagichni tekshirib, akt tuzgan holda o‘ziga saqlab qo‘yishi kerak. Bundan tashqari xonadonlardagi hisoblagichlar har 4 yilda qiyoslashdan o‘tkaziladi. Ta'minotchining yana bir vazifasi shundan iboratki, har qiyoslash o‘tkazilishidan 1 oy oldin «hisoblagichingizni yechib beramiz, borib hisoblatib kelasiz» deb iste'molchini ogohlantirish kerak. Yoki bo‘lmasa, ta'minotchi firmaning ma'lum to‘lov evaziga yechib olish, qiyoslash, o‘rnatish xizmatlarini qilib beradigan xizmatlari bor. Lekin mana shu vazifalar ta'minotchi tomonidan bajarilmaydi. Har kvartalda bormaydi, akt tuzmaydi, qiyoslash kerakligi to‘g‘risida iste'molchini ogohlantirmaydi. Natijada 4-5 yil o‘tib ketadi.

Ikki xil hisoblash bor. Agar iste'molchini aybi bilan hisoblagich buzilgan bo‘lsa, o‘tayotgan suv, gaz yoki elektr iste'molchini maksimal ishlatishi natijasida qarzdorlik hisoblanadi. Agar o‘z vaqtida hisoblashga olib ketadigan bo‘lsa, oldingi 3 oydagi hisob-kitob qilinib, o‘rtanchasi olinadi va o‘rtacha me'yorda to‘lanadi. Ular bo‘lsa iste'molchini aybi bilan bo‘lgan holatni oladida, 2-10 baravar qo‘shimcha qarzdorlik qiladi. Hisoblagich bo‘yicha yuz ming so‘m to‘laydigan narsasi bir millionga aylanib ketadi. Shundan so‘ng inspektor orqali iste'molchiga qo‘liga qarzdorlik bo‘yicha qog‘ozni berib ketishadi. Iste'molchi hisoblatishga borganda esa «siz qiyoslashdan o‘tkazishingiz kerak edi» degan javobni oladi. Aslida iste'molchini 1 oy oldin ogohlantirish vazifasini bajarmagan bo‘ladi. Agar ta'minotchi bir oy oldin ogohlantirish berib, iste'molchi qilmagan taqdirda esa bu iste'molchini bo‘ynida bo‘lar edi. Ana shunday vaziyatda biz o‘rtaga tushib, bu iste'molchini emas ta'minotchining vazifasi ekanligini tushintiramiz» – dedi qo‘mita raisi

Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top