12:48 / 18.09.2019
0
7152

Shayxontohurdagi uyda yirik yong‘in sodir bo‘ldi 

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 16 sentabr kuni soat 16:07da Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “O‘zbekiston” MFY, Xo‘jayli 1-berk ko‘chasida joylashgan 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘indan uyning 250 kv. metr maydoni saqlab qolingan va qo‘shni  uylarga alanganing tarqalishi oldi olingan. 

Hodisa natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmadi. Biroq yong‘in haqida alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar berilgani uchun 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari ko‘rsatilgan manzilga yetib borganida imoratning asosiy tom qurilish konstruksiyalari yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. 

Yong‘in oqibatida uyning 150 kv. metr maydonida tomi va shifti yonib zararlangan. Yong‘inning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top