15:19 / 18.09.2019
0
12130

Ukraina tashqi ishlar vaziri Zelenskiyning Donbass bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti

Ukraina tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko prezident Vladimir Zelenskiyning Donbassda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi. U bu haqda Die Welt nashriga bergan intervyusida aytdi.

«Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi olti oy ichida haqiqiy siljishga erishishni istaydi», — dedi u.

Shu bilan birga u vaziyatni barqarorlashtirish Ukraina hududlarini berish evaziga amalga oshirilmasligini ta'kidladi. 

«Biz Ukraina hududlarini bermaymiz va rossiyaliklarga qizil chiziqlarimiz haqida ma'lum qilganmiz», — dedi u.

Pristaykoning qayd etishicha, Ukrainaning asosiy maqsadi o‘z fuqarolarini qaytarish va bunga erishish uchun nodiplomatik vositalarga qo‘l urishga ham tayyor.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top