12:35 / 18.09.2019
9021

Xalq banki tizimidagi o‘zgarishlar – rebrendingdan xalqaro sertifikatgacha

Foto: Xalq banki Axborot xizmati

O‘zbekiston bank tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblangan Xalq banki o‘z faoliyatida sezilarli yangilanish – rebrending qildi. Yangi logotip va korporativ rangning yangilanishi hamda bank faoliyatidagi yangiliklar haqida Xalq banki rebrendingi bo‘yicha brifingda mas'ullar batafsil ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, bankning yangicha formatda ish boshlaganini ko‘rsatuvchi yangi logotip Amir Temur uzugidan andoza olgan holda ishlangan. Unda unsurlar kuchi, davlatning qudrati va xalq hayotiga xizmat qilishga intilish ramziy ma'noda birlashtirilgan holda ko‘rsatilgan. Logotipdagi oltin rang boylik va ishonchlilikni, yashil rang esa bankning barqarorligi va shiddat bilan o‘sayotganini anglatadi.

Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxtiyor Atamurodovning bayonotiga ko‘ra, bank tarkibida bugungi kunda umumiy hisobda 198ta filial, 30ta mini-bank va 900ga yaqin jamg‘arma va maxsus kassalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 16 milliondan ortiq fuqaro bank xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanib kelmoqda.

– Bank tizimida jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida mikroqarz, nafaqa-overdrafti, kobrending, kobeyjing va kredit kartalari kabi bir qator yangi mahsulotlar joriy etilmoqda. Mijozlar qulayligi yo‘lida respublikaning barcha hududlarida kechayu kunduz xizmat ko‘rsatish markazlari ishga tushirilmoqda, plastik kartalarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish uchun ayni paytda 500dan ortiq bankomat va infokiosklar ishlab turibdi, – deydi Baxtiyor Atamurodov.

Bank biznesini rivojlantirish markazi direktori Shohrux Siddiqovga ko‘ra, Xalq banki tizimida mijozlarning bank xizmatlaridan foydalanishini yengillashtirishni maqsad qiluvchi bir qancha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. 

– Bankda tashkil etilgan front ofis bo‘limi yuridik shaxslarga taalluqli barcha operatsiyalarni: hisobraqam ochish, plastik hamda korporativ karta ochish, eksport-import operatsiyalari, mobil bank hamda internet banking xizmatlari, to‘lov topshiriqnomalariga asosan mablag‘larni o‘tkazish kabilarni amalga oshiradi.

Davlat dasturlari doirasida tadbirkorlar manfaatiga xizmat qiluvchi sharoitlar yaratildi. Xususan, eksport-import amaliyotlaridagi SWIFT xarajatlari hamda boshqa foiz stavkalari kamaytirildi.

Jismoniy shaxslarning vaqt sarfi va ovoragarchiligini minimumga tushirish maqsadida chakana xizmatlar bo‘limi tashkil etilgan. Bu bo‘limlarda plastik karta ochish, xalqaro pul o‘tkazmalari, jamg‘arib boriladigan pensiya xizmati, kommunal to‘lovlar qabul qilish va boshqa bir qator xizmatlar amalga oshirilmoqda. Bank filiallarida dastlabki ma'lumotlar beradigan maslahatchi reception xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan, – deydi Shohrux Siddiqov. 

Brifingda bayon qilinishicha, joriy yilda ilk marotaba Xalq bankida moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining 9-standarti amaliyotga tatbik etildi hamda bank joriy yilning 7 iyulida ISO 9001:2015 Xalqaro standartlari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Bankning xalqaro darajasi bir pog‘onaga ko‘tarilib, Fitch xalqaro agentligining VV-/V barqaror reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, Xalq banki O‘zbekistondagi eng qadimiy banklardan biri hisoblanib, 1875 yilda tashkil etilgan eng birinchi jamg‘arma kassalarning vorisi hisoblanadi. 

Shuningdek, brifing chog‘ida bankning yaqin kelajakda rejalashtirilgan faoliyati xususida axborot berildi. Ma'lum qilinishicha, Xalq banki tomonidan joriy yil yakuniga qadar yangi 1000ga yaqin bankomatlar olib kelinishi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bank xizmatlari ommabopligini ta'minlash maqsadida 300dan ortiq «Bank xizmatlari ofislari» ochilishi rejalashtirilgan.

Xalq bankining rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/xalqbankinfo

Facebookfb.com/xalqbankinfo

Instagraminstagram.com/xalqbankinfo

Twitter: twitter.com/xalqbankinfo

Mover: bit.ly/2NuhFQW

YouTube: bit.ly/33UcPCf

Xalq banki axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top