10:28 / 18.09.2019
0
3568

Yagona portal funksionalni kengaytirdi

Foto: my.gov.uz

O‘zgartirishlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, davlat xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan. 
 
Norma’ning yozishicha, foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida interfeys va izlovchining ishi takomillashtirildi, sayt mobil qurilmalarga moslashtirildi.
 
Ta'kidlash joizki, Adliya vazirligida yangilangan Davlat xizmatlari yagona reyestri davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Unda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan 716 ta xizmat haqidagi ma'lumotlar keltirilgan (ilgari ular 693 ta edi). Prezidentning 12.12.2017 yildagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq 2018 yil 1 iyundan Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomga muvofiq ro‘yxatdan va avtorizatsiyadan o‘tgan ariza beruvchilarga YaIDXP orqali xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top