11:29 / 19.09.2019
1
69932
Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi 
Rahim Hakimov / Foto: KUN.UZ

Rahim Rasuljonovich Hakimov adliya vaziri o‘rinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Rahim Hakimov 1983 yil Namangan viloyati, Chust tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. 2003 yilda Namangan davlat universiteti, 2005 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. U yuridik fanlar doktori hisoblanadi. 

R. Hakimov shu kunga qadar Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi. Shuningdek, u  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a'zosi sanaladi. 

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi qaroriga asosan Yesemurat Kanyazov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etilgandi

U Adliya vazirining 2019 yil 29 avgustdagi buyrug‘i bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin, Toshkent davlat yuridik universiteti bayonot bilan chiqqani, u universitetning korrupsion imiji haqida ekani ma'lum qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top