22:44 / 19.09.2019
0
7168

Tunisning sobiq prezidenti Zaynulobiddin bin Ali vafot etdi 

Tunisning sobiq prezidenti Zaynulobiddin bin Ali 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda 19 sentyabrda Al Jazeera telekanali xabar berdi.   

Ta'kidlanishicha, siyosatchi Saudiya Arabistonida vafot etgan. Uning vafoti tafsilotlari keltirilmagan. 

Zaynulobiddin bin Ali Tunis prezidenti lavozimini 1987 yildan 2011 yilgacha egallagan. 2011 yilda mamlakatda yuz bergan “rangli inqilob” oqibatida mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik u Saudiya Arabistonida siyosiy boshpana olgan va o‘sha yerda yashab kelgan.  

2012 yilda Tunis harbiy tribunali bin Alini ommaviy tartibsizliklar vaqtida namoyishchilarning o‘ldirilishiga javobgar deb topib, sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top